AQSH va Xitoy olimlari erta qarishning sababini aniqladi
Olam
−
20 iyun 2021
15929Amerikalik va xitoylik olimlar qon hujayralarida kislorod ajralib chiqishi uchun javob beradigan oqsil miqdori yetarli emasligi kognitiv qobiliyatlarning (eshitish, his qilish, bilish) yomonlashishiga va erta qarishga olib kelishini aniqladi. Bu haqda “Plos Biology” jurnalida so‘z boradi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, aynan kislorod yetishmasligi qarishga, shuningdek kognitiv funksiyalarning pasayishiga hamda yosh o‘tishi bilan eshitish qobiliyatining susayishiga sabab bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, tadqiqotchilar sichqonlar ustida o‘tkazgan tajribalarida qonda ADORA2B oqsilining miqdori kamayishi xotira va eshitish qobiliyatining yomonlashishiga, miyada yallig‘lanish rivojlanib, qarish tezlashishiga olib kelishini aniqlagan.
Eksperiment sifatida tadqiqot mualliflari qonida ADORA2B oqsili mavjud bo‘lmagan sichqonlarni boshqa hayvonlar bilan solishtirgan. Ular qonida ADORA2B oqsili yo‘q bo‘lgan sichqonlar bilan boshqa turdagi hayvonlarni kislorod yetishmaydigan muhitga tashlagan. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, sichqonlarda boshqa turga qaraganda kognitiv qobilyatlar tezroq yo‘qolgan. Shunda mualliflar ADORA2B oqsili kislorod tanqisligida miyaga qo‘shimcha qon yetkazdirib berishni tartibga soladi, deb xulosa qilgan.
LiveBarchasi