AQSH va Xitoy muhim masalada o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar va Xitoy iqlim uchun o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib, Shanxaydagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qildi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti xabar bermoqda.

Hujjat Amerika Prezidentining iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jon Kerri va uning xitoylik hamkasbi Se Chjenxua o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng imzolangan. Unda mamlakatlar o‘zaro va boshqa davlatlar bilan Parij kelishuvini amalga oshirishda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirgan.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy o‘zaro va butun dunyo bilan iqlim inqirozini yengish uchun ishlashga sodiqdirlar, bu muammoni o‘ta jiddiylik va shoshilinchlik bilan hal qilish kerak”, deyiladi Davlat departamenti xabarida.

Qayd etilishicha, Amerikadagi shtatlar 22-23 aprel kunlari onlayn tarzda o‘tkaziladigan iqlim sammitining ham mamnuniyat bilan qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ikki davlat Ankorije, Alyaska, Xitoy va AQSHdagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing