AQSH va Isroil Natanzdagi yadroviy ob’ektga zarba berdi
Olam
−
22 mart 12608 2 daqiqa
Kecha, 21 mart kuni AQSH va Isroil Eronning Natanzdagi uranni boyitish majmuasiga zarba berdi. Bu haqda Eron atom energiyasi tashkiloti xabar qildi.
“Texnik baholash natijalariga ko‘ra, radioaktiv moddalar sizib chiqishi kuzatilmadi va yaqin atrofda yashovchi aholi uchun xavf yo‘q”, deyiladi xabarda.
Tashkilot ushbu zarbani “xalqaro qonunlar va majburiyatlar, jumladan, Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning buzilishi” deb atagan. AQSH va Isroil vakillari ushbu bayonotga hozircha izoh bermagan.
Eron hujum haqida Xalqaro atom energiyasi agentligini (MAGATE) xabardor qilgan.
“Ob’ekt tashqarisida radiatsiya darajasi oshgani qayd etilmadi. MAGATE ushbu xabarni o‘rganmoqda”, deya javob bergan agentlik.
Natanz yadroviy majmuasiga qilingan avvalgi zarbalar
Natanz yadroviy majmuasi Isfaxon provinsiyasida, Tehrondan 250 km janubda joylashgan. Uning mavjudligi haqida 2002 yilda ma’lum bo‘lgan va u Eronning eng mashhur yadroviy ob’ekti hisoblanadi. Majmua uranni boyitish uchun mo‘ljallangan yerusti va yerosti qurilmalaridan iborat. Ob’ektda jami 10 mingdan ortiq sentrifuga mavjud.
MAGATE bahosiga ko‘ra, Natanzda uran 60 foizgacha boyitilgan. Atom elektr stansiyasidan foydalanish uchun 3–5 foizgacha boyitilgan material kifoya qiladi, yadro bombasi yaratish uchun esa 90 foizli darajaga erishish lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yil yozidagi Amerika zarbalari oqibatida yer ustidagi sentrifugalar yo‘q qilingan edi. Yer osti qurilmalariga zarar yetgan-yetmagani esa noma’lumligicha qolgan edi. O‘sha zarbalar yakunida AQSH Prezidenti Donald Tramp “Erondagi barcha uchta yadroviy ob’ekt butunlay vayron qilingani” va ularni tiklash uchun yillar kerak bo‘lishini aytgan edi.
Live
Barchasi