AQSH va Isroil Eronga tovon puli to‘lashi kerak – Aroqchi

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH va Isroil Eronning yadroviy ob’ektlariga bergan zarbalari uchun to‘liq kompensatsiya to‘lashi kerakligini bildirdi. Bu haqda u BMT Bosh kotibi va Xavfsizlik kengashi a’zolariga yo‘llagan maktubida aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, Tehron Vashington va Tel-Avivdan mamlakatdagi tinch atom ob’ektlariga qilingan harbiy hujumlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplashni talab qilmoqda. Aroqchi bu borada BMTni ham keskin munosabat bildirishga chaqirgan.

Diplomat bunday harakatlar juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi, insonlar hayoti va atrof-muhit uchun katta xavf tug‘dirishini aytib o‘tgan hamda barcha hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilgan.

Eron tomoni zarar yetkazgan davlatlarning to‘liq moliyaviy javobgarligini talab qilmoqda. Aroqchi, shuningdek, tinch yadroviy ob’ektlarga qilingan hujumlar BMT nizomi, Xalqaro atom energiyasi agentligi qoidalari va xalqaro huquq normalarini buzishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSH va Isroilni Natanzdagi uranni boyitish majmuasiga hujum qilishda ayblagandi. Eronning atom energiyasi bo‘yicha tashkiloti ushbu hodisani “xalqaro qonunlar va majburiyatlar, jumladan, Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning buzilishi” deb atagan.

Eron rasmiylari 21 mart kuni kechqurun davlat televideniyesi efirida Dimon shahriga berilgan raketa zarbasi aynan ushbu hujumga javob ekanini bildirgan. O‘z navbatida, Isroil Natanzdagi yadroviy ob’ektga qilingan hujumga o‘z harbiylarining aloqador emasligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Abbos Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing