AQSH O‘zbekistonga 500 foizlik boj joriy etishi mumkin
Olam
−
01 may 39885 1 daqiqa
AQSH Senati Rossiyadan neft, gaz, uran va boshqa tabiiy resurslarni sotib olayotgan davlatlar uchun 500 foizlik import bojlari joriy etilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda senator Lindsi Gremga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi Senat tomonidan qabul qilingan, endi u Vakillar palatasi tomonidan tasdiqlanishi va Prezident tomonidan imzolanishi kerak.
Senator Lindsi Gremning aytishicha, 72 senator Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni o‘z ichiga olgan ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlagan. Agar Rossiya Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga rozi bo‘lmasa, bojlar kuchga kiradi.
Qonun loyihasida nafaqat Rossiyaga qarshi sanksiyalar, balki Rossiyadan neft, gaz, uran va boshqa mahsulotlarni import qilayotgan davlatlar uchun 500 foizlik boj stavkalari joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrifi va respublika rahbariyati bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida bir qancha yangi infratuzilma loyihalari Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ikki barobarga oshirishini aytgan edi.
Qozog‘iston Energetika vaziri Yerlan Akkenjenovga ko‘ra, 2024 yilda Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini 3 barobarga oshirgan, 2025 yilda esa 30 foizga oshishi kutilmoqda.
Live
Barchasi