AQSH O‘zbekistonga 2,8 mln dollarlik harbiy texnika sovg‘a qildi

Jamiyat

image

AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondonining o‘rinbosari general-mayor Vendul Xagler O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiyalar kuchlariga 50 dona Polaris MRZR yengil-taktik jangovar avtomashinalarini sovg‘a qildi. Bu haqda  AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Maxsus tezkor qo‘shinlar boshqarmasi boshlig‘i maxsus tezkor qo‘shinlar nomidan texnikalarni qabul qilib olgan. 

"Uskunalar AQSH Mudofaa vazirligining “Hamkorlar salohiyatini oshirish” dasturi doirasida taqdim etilgan. Avtomobillar 2,8 million dollarga baholangan va Amerikaning O‘zbekistonga hadya qilingan mudofaa mahsulotlarining bir qismidir", deyiladi xabarda.

Harbiy texnikalarni topshirish marosimida Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugi qo‘mondonligi, O‘zbekiston, AQSH Markaziy qo‘mondonligi quruqlikdagi qo‘shinlari hamda AQSHning Toshkentdagi elchixonasi vakillari ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing