AQSH O‘zbekistonga $1,3 mlnlik tibbiy uskunalar berdi

Jamiyat

image

Bugun, 30 may kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali O‘zbekistonning milliy immunizatsiya tizimini mustahkamlash maqsadida mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga juda zarur bo‘lgan sovuq zanjirli uskunalar va kompyuterlarni sovg‘a qildi. Bu haqda UNICEF Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, umumiy qiymati 1,3 million dollar bo‘lgan 671 ta muzlatgich, 212 ta muzlatgich va 150 ta kompyuterni o‘z ichiga olgan ushbu uskuna O‘zbekistonning vaksinalarni funksional hamda samarali boshqaruvini tatbiq etish imkoniyatlarini mustahkamlaydi. Ushbu jihozlar butun respublika bo‘ylab birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga tarqatiladi.

O‘zbekistonga berilgan uskunalar USAID'ning COVID-19 bilan kurashishga yordam berish uchun umumiy qiymati 16 million dollarga teng yirik xayriyaning bir qismidir.

“USAID o‘zining ijrochi hamkori UNICEF orqali O‘zbekistondagi barcha bolalar emlanishini ta’minlash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlik qilmoqda. Vaksinalar va ularni saqlash, ishlatish uchun zarur bo‘lgan samarali sovuq zanjir texnologiyasi O‘zbekistonning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash strategiyasida muhim o‘rin tutadi”, deyiladi xabarda. 

Uskunalar joriy yilning sentyabr oyiga rejalashtirilgan qizamiq va qizilchaga qarshi emlash kampaniyasida qo‘llanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing