AQSH O‘zbekiston va Qozog‘istonga 1 mlrd dollar ajratadi

Jamiyat

image

“Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi” tashabbusini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida Amerika Qo‘shma Shtatlari, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining qo‘shma bayonoti e’lon qilindi. Unda AQSHning O‘zbekiston va Qozog‘istondagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun besh yil ichida kamida 1 milliard dollar mablag‘ jalb etish haqida so‘z boradi. Bayonot matni Amerika Qo‘shma Shtatlari, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumatlari tomonidan taqdim etilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, uchala davlat ishtirokida “Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi” tashabbusi yo‘lga qo‘yilgan.

“Mazkur tashabbus orqali AQSH Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC), O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumati manfaatlarini ko‘zlab harakat qiluvchi “Ostona” Xalqaro moliya markazi, Markaziy Osiyo va mintaqadagi xususiy sektori o‘sishiga hamda iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun besh yil ichida kamida 1 milliard dollar mablag‘larini jalb etish maqsadida barcha imkoniyatlarni ishga soladilar”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, xabarga ko‘ra, “C5+1” platformasi orqali amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini mustahkamlash va o‘sishini ta’minlash maqsadida savdo-sotiqni oshirish, kompleks rivojlanishni rag‘batlantirish va ko‘p tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish uchun barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanishga intiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

419

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing