AQSH o‘z oyog‘iga bolta urmoqda

Olam

image
G7 davlatlari Ukraina bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi  north_east

G7 davlatlari Ukraina bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi 

Iqtisodchi ekspertlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab shundoq ham jadallik bilan oshib borayotgan narx-navo bilan bog‘liq holat, Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi urush ortidan yana ham yomonlashishi mumkin. 

Rossiyaning hujumni boshlashi haqidagi xavotirlarga qo‘shilib, jahon neft bozorida qora oltinning narhi ham sezilarli darajada oshgan. Bunday holat AQSHni ham chetlab o‘tmayapti. So‘nggi bir hafta ichida neft bozorida 1 barrel neftning narxi 90 dollargacha ko‘tarilgan. 

“RSM International” xalqaro moliya tashkiloti tadqim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi ziddiyat sabab neftning narxi 110 dollargacha oshadigan bo‘lsa, AQSHda inflyatsiya darajasi 10 foizlik ko‘rsatkichga yetadi. 

Qayd etilishicha Amerika iqtisodida 1981 yildan buyon inflyatsiya darajasi 10 foizga yetgan emas. 

“Biz qisqa vaqt ichida yuzaga keladigan tanglik haqida gapiryapmiz”, deydi “RSM International” tashkiloti bosh iqtisodchisi Jo Brusuelas.  

“Urush boshlanadigan bo‘lsa, neftga bo‘lgan talabni qondirishda katta uzilish kuzatiladi. Uylarni isitish va avtomobillarga yonilg‘i quyish sezilarli darajada qiyinlashadi”, deya qo‘shimcha qiladi Brusuelas.

Rossiya AQSHdan keyin jahonning ikkinchi eng yirik neft va tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi mamlakati hisoblanadi. Rossiyaning o‘z qo‘shnisi bilan ziddiyatga borishi, dunyo energetika bozorida neft-gaz mahsulotlariga bo‘lgan talab keskin ortgan bir davrga to‘g‘ri kelmoqda. 

AQSHning eng yirik transmilliy banklaridan biri bo‘lgan “JPMorgan”ning bildirishicha, ziddiyatlar ortidan jahon neft bozorida Rossiyaning ulushi kamayadigan bo‘lsa, qora oltinning 1 barrel uchun bahosi 120 dollargacha ko‘tarilishi mumkin. 

Joriy yil yanvar oyidagi holatga ko‘ra, AQSH iqtisodida inflyatsiya darajasi 7,5 foizni tashkil etmoqda. Bu mamlakatda 1982 yil fevral oyidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich.

Iqtisodchilarning taxminlariga ko‘ra, agar vaziyat shu zaylda davom etadigan bo‘lsa, jahon bozorida neftning narxi 20 foizga, AQSHda esa inflyatsiya darajasi 10 foizga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1526

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing