AQSH o‘z qo‘shinlarini Yevropada qoldirish rejalari bilan o‘rtoqlashdi
Olam
−
18 fevral 2021
2028Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z qo‘shinlarini xorijiy mamlakatlarga joylashtirishni qayta ko‘rib chiqqan vaxiyatda ham ularni Yevropada qoldirmoqchi. Pentagon rahbari Lloyd Ostin “The Washington Post” gazetasida AQSH-NATO hamkorligini muhokama qilib, ayrim rejalar bilan o‘rtoqlashdi.
Unga ko‘ra, AQSH boshqa NATOga a’zo davlatlar singari, qo‘shinlar hududlarda qanday joylashganini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Biroq, bu Amerika qo‘shinlari Yevropadan olib tashlanadi, degani emas. Ostinning ta’kidlashicha, Bayden ma’muriyati, aksincha, o‘zidan oldingi Prezident Donald Tramp tomonidan Germaniyadagi Amerika kontingentining qisqartirilishini to‘xtatgan.
Vazir ta’kidlashicha, Amerika Hukumati barcha harakatlarni sheriklar bilan muvofiqlashtiradi, chunki ular dunyo davlatlari o‘rtasida hamkorlik va faol yetakchilikni jonlantirishga bel bog‘lagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, strategik raqiblar – Xitoy va Rossiyaning tajovuzkor xatti-harakatlari fonida NATOning jamoaviy xavfsizligi ayniqsa dolzarbdir.
LiveBarchasi