AQSH o‘rta masofali raketani muvaffaqiyatli yo‘q qildi

Olam

image

Kecha, 10 dekabr kuni AQSH mudofaa vazirligi Guam orolida havo orqali uchirilgan o‘rta masofali ballistik raketani muvaffaqiyatli yo‘q qilish bo‘yicha sinovlar o‘tkazilganini e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, sinovlar Guam orolidagi Andersen havo bazasi yaqinida Tinch okeanining g‘arbiy qismida o‘tkazilgan. Sinovda Aegis Guam tizimi yangi AN/TPY-6 radar va vertikal ishga tushirish tizimi bilan integratsiyalashgan holda RTX Corp kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Standard Missile-3 Block IIA raketasini uchirgan. Ushbu raketa muvaffaqiyatli havo orqali uchirilgan o‘rta masofali ballistik raketani yo‘q qilgan.

AQSHning raketalarga qarshi mudofaa agentligi direktori Xit Kollinz bu sinovni “katta guruh muvaffaqiyati” deb atab, uning Guam uchun havo va raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimining samaradorligini tekshirishda ahamiyatini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Guam oroli AQSHga tegishli, lekin unga qo‘shilmagan. U Xitoyga nisbatan geografik yaqinligi sabab strategik harbiy nuqta hisoblanadi. Bu orol AQSHning potensial raqiblari oldida himoyaviy rol o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Rossiyaning “Oreshnik” ballistik raketasi bilan Dnepropetrovskdagi harbiy zavodga qilgan hujumiga javoban B-61 termoyadroviy bombalarini Polsha yoki Ukrainaga joylashtirishi mumkinligi xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy raketa Guam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing