AQSH Ukrainaning Qrim bo‘yicha pozitsiyasini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashga tayyor emas – “The Hill”

Olam

image

AQSH ma’muriyati Ukrainaning Qrimni qo‘lga kiritish rejalarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlamoqchi emas. Vashington bu boradagi o‘z pozitsiyasini oshkora tushuntirishdan qochishga harakat qilmoqda. Bu haqda “The Hill” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH Prezidenti Jo Bayden va uning ma’muriyati rasmiylarining Qrim masalasiga yondashuvi noaniqligicha qolmoqda. Ular Vashington Kiyevning Qrimni qo‘lga kiritish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydimi, degan savolni qayta-qayta chetlab o‘tgan va o‘z pozitsiyalarini tushuntirishni ortga surib kelgan.

Manbaga ko‘ra, AQSH rasmiylari Ukrainaga urushda g‘alaba qozonish uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha yordam berishini aytgan bo‘lsa-da, ular Kiyevning Qrimdagi ambitsiyalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini istamaydi. Qrim ustidan nazoratni tiklashga qaratilgan operatsiyalar uchun og‘ir qurollar, jumladan, uzoq masofali raketalar, tanklar, samolyotlar talab qilinadi.

Ta’kidlanishicha, amerikalik qonunchilar ma’muriyatdan Qrim bo‘yicha o‘z pozitsiyasini aniqlashtirishni so‘ragan, biroq mas’ullar “noaniqlik strategiyasi”ni tanlagan. Xususan, Vashingtondagi Karnegi jamg‘armasida Amerika tashqi siyosatini o‘rganish dasturi direktori Kris Chivvis ham shu yondashuvni tasdiqlagan.

“Ular (AQSH rasmiylari) rossiyaliklarni muzokaralar stoliga o‘tirishga majburlash uchun Qrimga tahdidni saqlab qolish mantiqiy deb o‘ylashlari mumkin. Hatto, ular Qrimning harbiy yo‘l bilan Ukrainaga qaytarilishini haqiqatdan yiroq deb, hisoblasalar ham, ehtimol bu ularning siyosatini belgilab bergan narsadir”, deydi Kris Chivvis.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Qrim Rossiya bosqini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing