AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan to‘rtta qonun loyihasini ma’qulladi 

Olam 3638
image

AQSH Kongressi Vakillar palatasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan to‘rtta qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda “Rolitico” nashri xabar berdi

Birinchi qonun loyihasi Rossiyani yirik xalqaro tashkilotlar, xususan G20 tadbirlarida ishtirok etishdan chetlashtirishga tegishli.

Ikkinchisi AQSH moliya institutlari tomonidan Rossiya va Belarusga qarshi joriy qilingan sanksiyalarga rioya qilish bilan bog‘liq. Qonun loyihasi AQSH moliya institutlarining barcha tarkibiy qismlari, shu jumladan ularning xorijdagi sho‘ba korxonalarini tegishli cheklovlarga rioya qilishlarining kafolatidir.

Uchinchi qonun loyihasi Rossiya va Belarusning maxsus qarz olish huquqini dollarga aylantirishni taqiqlaydi. Shunday qilib, departament Rossiya va Belarusga Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining (XVJ) mamlakatlarda mavjud bo‘lgan mablag‘lari uchun Amerika valyutasini bera olmaydi.

Qayd etilishicha, Ukrainaning qarz yukini yengillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ham ma’qullangan. Bundan tashqari, ular barcha mamlakatlar Kiyevga qulay shartlarda moliyaviy yordam ko‘rsatishini ta’minlash ustida ishlamoqchi.

Shuningdek, Palata Ukrainaga rekord miqdorda, taxminan 40 milliard dollarlik qo‘shimcha yordam paketini ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan. Ushbu qo‘shimcha yordamni moliyalashtirish uchun avvalroq AQSH yetakchisi Jo Bayden Kongressga so‘rov yuborgandi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 aprel kuni AQSH Kongressining Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli hibsga olingan aktivlardan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qilgandi. Pul Ukrainani tiklash va mamlakat fuqarolariga gumanitar yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilishi mumkin.

Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 104
Reyting: 2.8
t
×