AQSH Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi
Olam
−
02 noyabr
3234AQSH Ukrainaga 425 million dollar miqdoridagi yangi harbiy yordam paketi ajratdi. Bu haqda Pentagon xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi paketga NASAMS zenit majmualari uchun o‘q-dorilar, HIMARS ko‘p martalik raketa tizimlari, Stinger ko‘chma zenit-raketa majmualari, shuningdek, 155 va 105 mm kalibrli artilleriya snaryadlari kiradi. Qo‘shimcha ravishda TOW tankka qarshi tizimlari uchun o‘q-dorilar, Javelin va AT-4 majmualari, dronlarga qarshi vositalar, aviatsiya o‘q-dorilari, Stryker bronetransportyorlari, o‘qotar qurol va tibbiy uskunalar kiradi.
“Qo‘shma Shtatlar ittifoqchilar va hamkorlar bilan birgalikda Ukrainaga jang maydonida zarur ehtiyojlarini qondirish va mamlakatni Rossiya tajovuzidan himoya qilish uchun yordam berishda davom etadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 11 oktyabr kuni Germaniya kansleri Olaf Shols Berlinda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Germaniya, Belgiya, Daniya va Norvegiya yil oxirigacha Ukrainaga 1,4 milliard yevrolik harbiy yordam ajratishini ma’lum qilgandi. Ushbu bayonot Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shols bilan Ukrainadagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha vositachilikni muhokama qilishdan bosh tortgani haqidagi xabarlar fonida yangragan.
LiveBarchasi