AQSH Ukrainaga yana bir Patriot tizimini yubormoqchi – “Bloomberg”

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga yana bir Patriot havo mudofaa tizimini yuborishi mumkin. Bu haqda kecha, 14 may kuni manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Vashington Kiyevning havo hujumidan mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun bitta tizim yubormoqchi. Agentlikning qayd etishicha, yevropalik ittifoqchilar ham o‘z zaxiralaridan qo‘shimcha havo mudofaa tizimlarini yuborish rejalari ustida ishlamoqda, ularning soni ko‘rsatilmagan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda Xarkov viloyatini himoya qilish uchun ikkita Patriot tizimini so‘ragan. Zelenskiy Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini zudlik bilan kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratdi, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, havo mudofaa tizimlari va vositalari mudofaa kuchlari uchun eng katta kamomaddir.

Ma’lumot uchun, Bayden avvalroq Kiyevga 400 million dollar miqdorida harbiy yordam yuborishni buyurgan edi. Umuman olganda, Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden prezidentligining boshidan beri Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga xavfsizlikni ta’minlash uchun 51,3 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ (shu jumladan, Rossiya bosqini boshlanganidan beri 50,6 mlrd dollar) ajratgan. 

Aprel oyi oxirida Bayden Kongress tomonidan Ukraina, Isroil va Tayvanga qurol yetkazib berishni qayta tiklash bo‘yicha ma’qullangan qonun loyihalari paketini imzoladi. Paket hajmi 95 milliard dollarni tashkil etdi, u Ukraina uchun 61 milliard dollarni o‘z ichiga oladi. Davlat rahbari ushbu qonun loyihalarini imzolaganidan so‘ng Pentagon Ukrainaga 1 milliard dollarlik qurol-yarog‘ va texnika jo‘natayotganini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Davlat departamenti Ukrainaga uchta HIMARS qurilmasini zudlik bilan sotishga ruxsat bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Patriot Xar'kov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing