AQSH Ukraina singari Gruziyani ham qo‘llab-quvvatlaydi – Davlat departamenti vakili
Olam
−
06 Oktabr 2022
4459Amerika Qo‘shma Shtatlari Gruziya va Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlaydi va Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi. Bu haqda AQSH Davlat kotibining qurol-yarog‘ nazorati va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Bonni Jenkins Tbilisidagi “Biologik xavfsizlik” xalqaro konferensiyasi ochilishida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Qo‘shma Shtatlar Ukrainani xalqaro tan olingan chegaralari doirasida doimo hurmat qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi, xuddi shuningdek Gruziya suvereniteti va xalqaro tan olingan chegaralari doirasidagi hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi va tan oladi”, deydi u.
Jenkins, Qo‘shma Shtatlar Ukraina bilan birdam ekanini ta’kidladi.
“Bugun biz hammamiz birlashishimiz kerak, erkinlik va suverenitet uchun kurashayotgan Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”, deb qo‘shimcha qildi u.
Jenkins 7 oktyabrgacha Tbilisida qolishini va Tbilisida yuqori martabali rasmiylar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishini aytdi.
LiveBarchasi