AQSH to‘rt davlat bilan yangi tashkilot tuzdi
Olam
−
25 iyun 2022
13924Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va AQSH Tinch okeanidagi hamkorlik uchun yangi tashkilot – Partners in the Blue Pacific'ni tuzdi. Bu haqda Oq uy saytida ma’lum qilingan.
“24 iyun kuni bizning beshta davlatimiz Tinch okeani ustuvorliklarini yanada samarali va samaraliroq qo‘llab-quvvatlash uchun keng qamrovli norasmiy mexanizmni ishga tushirdi – Partners in the Blue Pacific.
Ushbu yangi tashabbus bizning mintaqaga bo‘lgan uzoq yillik sadoqatimizga, Tinch okeanidagi orol mamlakatlari bilan yaqin aloqalar va uzoq yillik hamkorligimizga asoslanadi. Biz mintaqani suverenitet, oshkoralik tamoyillariga muvofiq hamda Tinch okeani davlatlarining rahbarligi va yetakchiligida qo‘llab-quvvatlashda hamjihatmiz”, deyiladi bayonotda.
Birlashma mamlakatlari tashkilotning bo‘lajak yetakchilar sammitida qabul qilinishi kutilayotgan “Tinch okeani orollari forumi 2050 strategiyasiga muvofiq okean ustuvorliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishi” kutilmoqda.
"Mavjud loyihalar xaritasini tuzamiz va kelajakdagi tashabbuslarni amalga oshirish uchun ko‘proq resurslarni jalb qilamiz. Shu bilan birga, har bir davlat mintaqani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha individual sa’y-harakatlarini davom ettiradi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, Partners in the Blue Pacific ishtirokchilari ular yaratgan sheriklik "inklyuziv, norasmiy va hamkorlik uchun ochiq bo‘lib qolishini" ma’lum qilgan.
LiveBarchasi