AQSH Turkmanistonga beminnat tavsiya bilan chiqdi
Olam
−
16 mart 2022
27879AQSH Davlat departamenti Turkmanistonni YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) tavsiyalariga muvofiq, mamlakat saylov tizimini takomillashtirishga chaqirdi.
“DIIHB Turkmanistondagi saylov jarayoni erkin, adolatli yoki raqobatbardosh ekanini ko‘rsata olmaganini ta’kidladi. Biz Turkmaniston hukumatini o‘z saylov tizimini ehtiyojlarni baholashda ko‘rsatilgan standartlarga moslashtirish bo‘yicha DIIHB tavsiyalarini qo‘llashga chaqiramiz”, degan AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays.
Shu bilan birga, Davlat departamenti “AQSH va Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlik o‘sib borayotganiga” e’tibor qaratgan va “Turkmaniston xalqining siyosiy ishtirokini rag‘batlantirish davom etishini” ta’kidlagan.
Ma’lumot o‘rnida, Turkmanistonda joriy yilning 12 mart kuni prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Kecha, 15 mart kuni amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov saylovda 72,97 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongani ma’lum qilindi.
LiveBarchasi