AQSH Turkiyadan Rossiyaga mahsulot eksport qilishni to‘xtatishni talab qildi – “Bloomberg”

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkiyadan Rossiyaga tovarlar eksportini to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda “Bloomberg” manbalariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH Moliya vazirining o‘rinbosari Brayan Nelson Turkiya rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazgan. U muzokaralarda Turkiya orqali Rossiyaga sanksiya qo‘yilgan o‘n millionlab dollarlik tovarlar kelgani va ularning bir qismi Rossiya Mudofaa vazirligi manfaati yo‘lida ishlatilishi mumkinligi haqida gapirib o‘tgan.

“2022 yilning martidan oktyabrigacha o‘nlab turkiyalik eksportchilar Rossiyaga 800 million dollarga yaqin mahsulot jo‘natgan”, deyiladi xabarda.

Nashrga ko‘ra, kelasi haftalarda AQSH va Yevropa rasmiylari bu mavzuni muhokama qilish uchun Turkiyaga yana tashrif buyurish niyatida.

“Bloomberg”ning eslatishicha, Nelson Turkiyaga ko‘p tashrif buyurgan va AQSH sanksiyalariga rioya qilish uchun Anqaraga bosimni kuchaytirgan mamlakat Moliya vazirligining uchinchi yuqori martabali mulozimidir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing