AQSH Trampning buyrug‘i bilan Eronga yangi zarbalar berdi (video)

Olam

image

AQSH harbiylari Hormuz bo‘g‘ozidagi keskinlik kuchayishi ortidan Eronga qarshi yangi hujumlar boshladi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar berdi.

Qo‘mondonlikning ma’lum qilishicha, kecha, 12 iyul kuni tunda Eronning Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanayotgan fuqarolik va tijorat kemalariga tahdid solish imkoniyatlarini cheklash maqsadida yangi zarbalar boshlangan. CENTCOM bayonotida Prezident Donald Tramp ushbu hujumlarga Eron kuchlarini javobgarlikka tortish maqsadida shaxsan ko‘rsatma bergani qayd etilgan. 

“Biz ularni qattiq zarbaga tutyapmiz”, degan Tramp dam olish kunlaridagi hujumlarga izoh berib.

Eron esa javob tariqasida mintaqada AQSH harbiy bazalari joylashgan davlatlarga hujum qilgan. Iordaniya armiyasi Eron tomonidan uchirilgan to‘rtta raketani yo‘q qilganini ma’lum qilgan. Quvayt Qurolli kuchlari ham Eronning Fors ko‘rfazidagi AQSH manfaatlariga qarshi zarbalari vaqtida “dushmanona havo nishonlari”ga qarshi harakat qilayotganini bildirgan.

Bu hujumlar Eronning dunyo energetikasi uchun muhim hisoblangan Hormuz bo‘g‘ozidagi kema qatnovi ustidan nazoratni kuchaytirishga urinishi ortidan yuz berayotgan o‘zaro zarba almashinuvining navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Biroq bu galgi hujumlar ko‘lami va sur’ati ancha kengaygani ta’kidlanmoqda.

CENTCOM ma’lumotiga ko‘ra, faqat 11 iyul kechasining o‘zida Eron hududiga taxminan 140 ta zarba amalga oshirilgan. Shu bilan birga, ayrim kemalar Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanishda davom etayotgani bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp agar Eron unga suiqasd uyushtirishga urinsa, Qo‘shma Shtatlar misli ko‘rilmagan zarba bilan javob qaytarishini ma’lum qilgandi. Tramp 1 000 ta raketa uchirishga tayyor va Eron Islom Respublikasiga qaratilganini aytgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing