AQSH tomonidan JSSTga muqobil tashkilot tuzilishi mumkin

Olam

image

AQSH Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) yangi muqobil variantini yaratishi mumkin. Bunga sabab JSST koronavirus pandemiyasiga qarshi tura olmadi. Bu haqda AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo ma’lum qildi.

“Prezident oldimizga aniq maqsad qo‘ydi: biz JSSTning yana muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. JSST o‘z vazifalarini bajarmagan bo‘lsa, yuz millionlab AQSH dollarini olishi mumkin emas“, deydi Pompeo.

Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar sog‘liqni saqlash sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishda dunyo miqyosida yetakchi bo‘lish uchun yo‘l topadi. Uning ta’kidlashicha, rasmiy Vashington tibbiyot sohasida xalqaro kampaniyalarni qanday o‘tkazishni biladi. Shuning uchun aholi salomatligini himoya qilish uchun o‘z agentligini tuzishga tayyor.

Avvalroq, JSST koronavirus kelib chiqishi haqidagi AQSHdagi dalillar quruq gap ekanini ma’lum qildi. Tashkilot vakili amerikalik mutaxassislar tegishli ma’lumotlarni JSSTga taqdim qilmaganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh JSST Pandemiya

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing