AQSH terma jamoasidagi o‘zbekistonlik shaxmatchi Xalqaro sport ustasi bo‘ldi
Sport
−
02 may
9343Hozirda AQSH terma jamoasi safida faoliyat olib borayotgan asli o‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova Xalqaro sport ustasi unvonini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.
Tohirjonova o‘zbekistonlik birinchi xalqaro sport ustasi maqomini qo‘lga kiritgan shaxmatchi ayol bo‘ldi.
Qayd etish joiz, 24 yoshli shaxmatchi 2016 yilda grossmeyster unvoniga ega chiqqan. U o‘tgan yili avgust oyida AQSHning eng yaxshi ayol shaxmatchisi deb topildi.
Ma’lumot uchun, Tohirjonova o‘z vaqtida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariyati bilan nizolar sabab O‘zbekiston terma jamoasi a’zoligidan ketgan. O‘tgan yili dekabr oyida Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlarida o‘tkazilgan Jahon chempionatida Gulruhbegim AQSH bayrog‘i ostida o‘z opasi Nafisa Mo‘minovaga qarshi dona surib, g‘alaba qozongandi.