AQSH talabi bilan hibsga olingan rossiyalik “kattakon”ning o‘g‘li vatanida ham qidiruvga berildi

Olam

image

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Aleksandr Ussning 40 yoshli o‘g‘li Artem pul yuvish ishi bo‘yicha mamlakatda federal qidiruvga berildi. Artem Ussning tegishli kartasi Ichki ishlar vazirligining Moskva bo‘yicha Bosh boshqarmasi veb-saytida joylashtirilgan.

Moskva shahrining Meshchanskiy tuman sudi kartotekasiga ko‘ra, kecha, 27 oktyabr kuni tergovning (sirtdan)hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash haqidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan.

Artem Uss joriy yilning 19 oktyabrida AQSH talabiga binoan Italiyada hibsga olingan. U boshqa rossiyaliklar qatori yashil no‘xat niqobi ostida neft kontrabandasida, soxta kompaniyalari orqali AQSHdan harbiy texnologiyalarni eksport qilishda va pul yuvishda ayblanmoqda. 

“Dunyo bo‘ylab erkin sotiladigan va sotib olinadigan neft mahsulotlari, ommaviy foydalanish mumkin bo‘lgan asbob-uskunalar va texnik vositalarni yetkazib berish to‘satdan AQSH hukumati tomonidan noqonuniy deb e’lon qilindi. Nega? Faqatgina bu Rossiya manfaati uchun qilinganiga. Bu ayblovlarning siyosiy sabablari yaqqol ko‘rinib turibdi”, degan Aleksandr Uss o‘g‘lining hibsga olinishi haqida.

RF hukumati Artem Ussni Italiyadan Rossiyaga ekstraditsiya qilishga erishmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing