AQSH Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qiladi – Tramp
Olam
−
14 may
3179AQSH ma’muriyati arab respublikasi tinchlik o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun Suriyaga qarshi sanksiyalardan foydalanishni to‘xtatadi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 13 may kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Saudiya-Amerika investitsiya forumida ma’lum qildi.
“Davlat kotibi Marko Rubio shu hafta oxirida Turkiyada Suriyaning yangi tashqi ishlar vaziri (Asad al-Shiboniy) bilan uchrashishini e’lon qilishdan juda mamnunman. Va eng muhimi, Suriyadagi vaziyatni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan, shuningdek, kecha menga qo‘ng‘iroq qilgan va shunga o‘xshash narsani so‘ragan Turkiya Prezidenti [Rajab Toyib] Erdo‘g‘an bilan muhokama qilganimdan so‘ng, Suriyaga qarshi sanksiyalarni to‘xtatishga, ularga buyuklikka erishish imkoniyatini berishga buyruq beraman”, dedi davlat rahbari.
Amerika rahbari sanksiyalarni olib tashlash uchun qanday mexanizmdan foydalanishiga aniqlik kiritmadi.
“Sanksiyalar shafqatsiz va halokatli edi va o‘sha paytda muhim, haqiqatan ham muhim vazifani bajargan, ammo hozir [Suriyaning] porlash vaqti keldi. Biz barcha sanksiyalarni olib tashlaymiz va u yerdagi odamlar, ularning ruhiyati va men eshitgan hamma narsaga qarab, menimcha, ular muvaffaqiyatga erishadilar. Shuning uchun men shunday deyman: “Omad tilaymiz, Suriya. Bizga Saudiya Arabistonidagi kabi o‘zgacha bir narsani ko‘rsat”, deya qo‘shimcha qildi Prezident.
Shuningdek, u Suriyaning yangi hukumati mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tinchlikni saqlab qolishga umid bildirdi.
Respublikasiga nisbatan cheklov choralarini bekor qilish niyati haqidagi bayonotini olqishladi va bu voqeani Suriya xalqi uchun burilish nuqtasi deb atadi.
“Biz AQSH Prezidenti Donald Trampning Suriyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi so‘nggi bayonotlarini olqishlaymiz. Bu voqea Suriya xalqi uchun katta burilish nuqtasi bo‘ldi, chunki mamlakat barqarorlik, o‘zini-o‘zi ta’minlash va ko‘p yillik halokatli urushdan qutulish yo‘lini belgilab beradi”, dedi Suriyaning o‘tish davri hukumatidagi Tashqi ishlar vazirligi rahbari Asad al-Shiboniy Trampning bayonotini izohlab .
BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning brifingda ma’lum qilishicha, BMT ham Trampning Suriyaga nisbatan cheklov choralarini bekor qilish niyati haqidagi bayonotini olqishlaydi.
Dyujarrikning ta’kidlashicha, cheklovlarning bekor qilinishi mamlakat iqtisodiyotining tiklanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Biz uchun Suriyaning sanksiyalardan xalos bo‘lishini ko‘rish, mamlakatni qayta tiklash, Suriya xalqining o‘n yildan ortiq davom etgan to‘qnashuvdan so‘ng tiklanishi muhim”, deya qo‘shimcha qildi u.
LiveBarchasi