AQSH siyosatchilari Ahmad Mas’ud bilan suhbatlashgani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

AQSH Kongressi senatining respublikachi a’zosi Lindsi Grem va Vakillar palatasi a’zosi Mayk Vals Panjsher qarshilik kuchlari rahbari Ahmad Mas’ud bilan suhbatlashgan. Bu haqda Valsning saytida e’lon qilingan qo‘shma bayonotda aytilgan

“Afg‘onistondagi Milliy qarshilik fronti rahbari Ahmad Mas’ud bilan gaplashish men uchun katta sharaf edi. Undan “Tolibon”ning shafqatsizligiga qarshilik ko‘rsatishga sodiqligini eshitganimizdan xursand bo‘ldik”, deyilgan bayonotda. 

Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu suhbatdan so‘ng “Tolibon” harakatining Afg‘onistonda nihoyatda mashhur emasligi ayon bo‘lgan. Suhbat aynan qachon bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritilmagan. 

Vals va Gremga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat va AQSH “Tolibon”ni tan olmasligi kerak. Chunki “Tolibon” hukumati va Qurolli Kuchlari “Al-Qoida” va shunga o‘xshash boshqa guruhlardan tarkib topgan. 

Shuningdek, siyosatchilar AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatini mamlakat vakolatxonasini BMTga o‘tkazish haqidagi takliflarga qo‘shilmaslikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa parlamenti Afg‘oniston bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qilgandi. Unga ko‘ra, Panjsherdagi “Tolibon”ga qarshi kuchlar yetakchisi Ahmad Mas’udni Yevropa parlamenti va Yevropa Ittifoqi kengashi sessiyasiga taklif qilish nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

370

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing