AQSH sharmandali mag‘lubiyatga uchradi – Eron

Olam

image

AQSH sharmandali mag‘lubiyatga uchradi va Tehron ilgari surgan barcha o‘t ochishni to‘xtatish shartlariga rozi bo‘ldi. Bu haqda Eronning Oliy milliy xavfsizlik kengashi ma’lum qildi.

Mazkur bayonot Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan ikki haftalik sulh fonida yangradi. Avvalroq, Tramp AQSH Eron tomonidan taqdim etilgan 10 banddan iborat taklifni olganini bildirgan edi. Unga ko‘ra, bu reja muzokaralar uchun “real asos” bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

CNN telekanali xabariga ko‘ra, Isroil ham ikki haftalik sulhga amal qiladi.
Eron tomoni da’vo qilayotgan majburiyatlar:

Eron Xavfsizlik kengashiga ko‘ra, AQSH quyidagi shartlarni qabul qilgan:

  • Agressiyadan voz kechish – AQSH Eron hududiga hujum qilmaslik majburiyatini oladi;
  • Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat – Hormuz ustidan nazorat Eronda qoladi;
  • Yadro dasturini tan olish – Eronning uran boyitish huquqi e’tirof etiladi;
  • Sanksiyalarni bekor qilish – barcha birlamchi va ikkilamchi cheklovlar olib tashlanadi;
  • Xalqaro qarorlarni bekor qilish – xalqaro tashkilotlarning rezolyutsiyalari to‘xtatiladi;
  • Kompensatsiya to‘lash – AQSH Eron ko‘rgan zararni qoplaydi;
  • AQSH qo‘shinlarini olib chiqish – Amerika harbiylari Yaqin Sharqni tark etadi;
  • Urushni to‘liq to‘xtatish – barcha frontlarda janglar yakunlanadi.

Kim yutdi?

Eron bayonoti AQSH pozitsiyasidan keskin farq qiladi. Tramp sulhni o‘zi va Yaqin Sharq davlatlari uchun “sharaf” deb atagan hamda AQSH harbiylari “barcha maqsadlarga erishganini” ta’kidlagan.

Tehron esa vaziyatni o‘zaro kelishuv emas, balki Vashingtonning to‘liq taslim bo‘lishi sifatida talqin qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Donal'd Tramp Yaqin Sharq Tehron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing