AQSH senatorlari yana Rossiyani terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritmoqchi

Olam

image

Amerikalik senatorlar Richard Blyumental  va  Lindsi Grem  Ukrainadagi vaziyat tufayli Davlat departamentini chetlab o‘tib, Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga kirituvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi .

“Biz yaxshi bilamizki, AQSH Prezidenti Jo Baydenning ma’muriyati Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritish masalasida boshqacha nuqtai nazarga ega. Hurmat bilan, men bunga qo‘shilmayman”, deydi Blyumental.

Nashrning yozishicha, Kongress a’zolari qonun loyihasi mualliflarini hozircha qo‘llab-quvvatlamayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatlarni terrorizm homiylari deb nomlash vakolati Davlat departamentiga tegishli, biroq Senat avvalroq bunday qarorni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qilgan. Tegishli qonun loyihasi Vakillar palatasiga kiritilgan edi.

Qayd etilishicha, Davlat Departamenti kongressmenlarni Rossiyaga bunday maqom berilishi bir qancha muammolar olib kelishi haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi boshida AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritish zarur deb hisoblaydimi, degan savolga salbiy javob bergan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing