AQSH senatori Xitoyga “jahannam sanksiyalari” bilan tahdid qildi

Olam

image

AQSHning respublikachi senatori Lindsi Grem Tayvanni bosib olishga urinadigan bo‘lsa, Pekinga qarshi "jahannam sanksiyalari" loyihasini ishlab chiqishga va’da berdi.

Senator Grem "NBS News" nashrining Xitoy rahbari Si Szinpin Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti chog‘ida AQSH Prezidenti Jo Baydenga Xitoy Tayvan bilan tinch yo‘llar orqali birlashish tarafdori ekanini aytgani haqidagi maqolasiga raddiya bildirgan. Gremga ko‘ra, bunday xabarlar uni asabiylashtiradi.

"Men Demokratik va Respublikachi senatorlar bilan ikkita ishni tez bajarish maqsadida ishlayman. Birinchisi, Tayvan uchun kuchli qo‘shimcha himoya yaratish. Ikkinchisi, agar Xitoy Tayvanni egallashga harakat boshlasa, unga qarshi qo‘yiladigan "jahannam sanksiyalari" loyihasini ishlab chiqish", deb yozgan senator o‘zining veb-saytida.

Unga ko‘ra, AQSHda XXR bilan qarama-qarshilikni yuzaga keltiruvchi partiyalararo konsensus mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning avgust oyida Xitoy amerikalik qonunchilar Tayvanga borganiga keskin munosabat bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Lindsi Grem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing