AQSH Senati Ukraina va ittifoqchilarga yordam paketini 44,9 milliardga oshirdi
Olam
−
21 dekabr 2022
1875AQSH Senatining Byudjet mablag‘lari bo‘yicha qo‘mitasi AQSHning 2023-moliya yili byudjeti uchun to‘liq qonun loyihasini e’lon qildi. U boshqa narsalar qatori Ukraina va ittifoqchilarga qariyb 45 milliard dollarlik yordam ko‘rsatish paketini ham o‘z ichiga oladi.
“Qonun loyihasi Ukraina va NATOdagi ittifoqchilarimizga 44,9 milliard dollar miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi”, deyiladi qo‘mita bayonotida.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuziga AQSHning yangi javob paketi hajmi Bayden ma’muriyatining noyabr oyida taqdim etgan talabidan oshib ketdi. Ma’muriyat 37 milliard dollardan sal ko‘proq so‘ragan.
Oq uy qonunchilarning bu harakatini olqishlab, hukumat chaqiriqlarga, shu jumladan Ukrainadagi vaziyatga javob bera olishi muhimligini ta’kidladi.
“Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishimiz uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini mamnuniyat bilan qabul qilamiz”, deydi AQSH Milliy xavfsizlik kengashi koordinatori Jon Kirbi.
LiveBarchasi