AQSH Senati Ukraina va Isroilga yordam ko‘rsatishga rozi bo‘ldi

Olam

image

AQSH Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga harbiy yordam ko‘rsatish, Rossiyaning muzlatib qo‘yilgan aktivlarini Kiyevga o‘tkazish maqsadida musodara qilish, shuningdek, Xitoyga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini ma’qulladi. Amerika qonun chiqaruvchi organi yuqori palatasining majlisi C-SPAN telekanalida translyatsiya qilinadi.

Tashabbusni 79 senator qo‘llab-quvvatladi, 18 nafari esa qarshi chiqdi.

Paket hajmi 95 milliard dollarni tashkil etdi, xususan, Ukraina uchun 61 milliard dollar, Isroil uchun 26 milliard dollar, shuningdek, mojaro zonalari, jumladan, G‘azo sektoridagi tinch aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun mablag‘lar kiradi. Senat tomonidan ma’qullangandan so‘ng, paket imzolash uchun AQSH Prezidenti Jo Baydenga yuboriladi. Amerika rahbari allaqachon uni imzolashga va’da bergan.

Qonun loyihalari to‘plami Eron va Rossiya rasmiylariga nisbatan sanksiyalar joriy qiladi va Eron dronlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan Amerika texnologiyalari eksportini yanada cheklaydi. Unda Eron nefti eksportini cheklash choralari mavjud. Bundan tashqari, paketga AQSHda TikTok’ni taqiqlash tashabbusi kiritilgan. Qonunchilar Xitoyning ByteDance kompaniyasiga ijtimoiy tarmoqni sotish uchun bir yil muddat berishni taklif qilmoqda, aks holda TikTok AQSHda taqiqlanishi mumkin.

“Reuters” xabar berishicha, Bayden hujjatni imzolaganidan so‘ng Vashington Kiyevga 1 milliard dollarlik harbiy yordam paketini jo‘natadi.

Eslatib o‘tamiz, 20 aprel kuni qonun loyihalari Kongress Vakillar palatasida ma’qullangandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing