AQSH sanksiyalar, bezorilik va tazyiqlarga qaram – Eron

Olam

image

AQSH sanksiyalar, bezorilik va tazyiqlarga bog‘lanib qolgan davlat. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif bu Oress TV telekanalida so‘z ochdi.

Zarif shu paytgacha AQSH siyosatida hech qanday o‘zgarishlarni ko‘rmayotgani va amaldagi Prezident Jo Bayden salafi Donald Trampning siyosatini takrorlayotganini aytdi. Tashqi ishlar vaziri Qo‘shma Shtatlar va’dalar o‘rniga haqiqiy harakatlarni ko‘rsatishi kerak, deb hisoblaydi.

Zarifning so‘zlariga ko‘ra, har kim yadroviy bitim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi bilanoq, Tehron va Vashington o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Ular kelishuvdagi o‘zgarishlar yoki bitimning yangi qoidalari bilan bog‘liq bo‘lmaydi, deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati o‘zidan avvalgi Prezident Donald Tramp tomonidan Eronga qarshi sanksiyalarni qayta tiklash to‘g‘risidagi talabni qaytarib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing