AQSH samolyot tashuvchisi O‘rta yer dengiziga kirdi
Olam
−
08 mart 2021 9712 1 daqiqa
AQSH harbiy-dengiz kuchlarining “USS Eisenhower” aviatashuvchi kemasi Gibraltar bo‘g‘ozidan o‘tib, O‘rta yer dengiziga kirdi. Bu haqda dengiz kemalari harakatini kuzatib borish portalining ma’lumotlarida keltirib o‘tilgan.
Ushbu guruhga samolyot tashuvchisidan tashqari, “Monterey” raketa kreyseri, “Mitscher” va “Tomas Xadner” esminetslari va “Arktika” ta’minot kemasi ham kiradi.
Avvalroq, ushbu guruh Kanar orollari yaqinida, Atlantika okeanida Marokash qurolli kuchlari bilan qo‘shma mashqlar o‘tkazgan. Ayni paytda kemalar O‘rta yer dengizi bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda suzmoqda.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart