AQSH Rossiyaning 3 ta kompaniyasini “qora ro‘yxat”ga kiritdi. Ulardan biri O‘zbekistonga uskuna yetkazib beradi

Olam

image

AQSH Eron, Shimoliy Koreya va Suriyaga ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik rejimini buzgani aytilgan Rossiyaning uchta kompaniyasiga qarshi sanksiya joriy qildi. Bu haqda AQSH Davlat departamentining federal reyestrida ma’lum qilindi.

Cheklovlar ro‘yxatiga “Pulsar” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi, “Asia-Invest” MCHJ va “Charter Green Light Moscow” kompaniyalari kiritilgan. Ro‘yxatda Iroq va Suriya kompaniyalari ham bor.

Sanksiyalar Amerika hukumati idoralariga ulardan har qanday tovarlar, texnologiyalar va xizmatlarni sotib olishni taqiqlaydi.

Bu cheklovlar ikki yil davomida amal qiladi.

Ma’lumot uchun “Asia-Invest” kompaniyasi Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston korxonalariga jihozlar, uskunalar va neft-kimyo mahsulotlari yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

423

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing