AQSH Rossiyaga qurol berayotgan Eronni jazolamoqchi
Olam
−
20 Oktabr 2022
7098Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Eronni Rossiyaga xavfli qurollar o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun cheklovchi choralar ko‘rishga tayyor. Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz ittifoqchilar va hamkorlar bilan xavfli qurollarning Rossiyaga o‘tkazilishining oldini olishda birga ishlashga sodiqmiz. Biz bu yetkazib berishda ishtirok etgan barcha shaxslarga qarshi sanksiyalar qo‘llashdan va boshqa vositalardan foydalanishdan qaytmaymiz”, deyiladi Davlat departamenti xabarida.
Idoraning qo‘shimcha qilishicha, Vashington Ukraina o‘zini bunday qurollardan himoya qila olishi uchun xavfsizlik sohasida, jumladan, havo hujumidan mudofaa sohasida ushbu davlatga yordamni oshirishda davom etadi.
Ma’lumot o‘rnida, BMT Xavfsizlik Kengashining yopiq yig‘ilishida Eron Rossiyaga uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berganlikda ayblangan edi.
Eslatib o‘tamiz, 19 oktyabr kuni AQSH rasmiylari Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini bir Rossiya fuqarosi, shuningdek, Germaniya va Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan ikkita kompaniyani qo‘shib kengaytirdi.
LiveBarchasi