AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi
Olam
−
20 Oktabr 2022 4602 1 daqiqa
Kecha, 19 oktyabr kuni AQSH rasmiylari Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini bir Rossiya fuqarosi, shuningdek, Germaniya va Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan ikkita kompaniyani qo‘shib kengaytirdi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi ma’lum qildi.
“Bugun, Adliya vazirligi va Federal qidiruv byurosi bilan kelishilgan holda, AQSH G‘aznachilik departamentining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) AQSHdan harbiy va [milliy xavfsizlik uchun] nozik ikki tomonlama foydalanish texnologiyalarini sotib olish va ularni Rossiya Federatsiyasidagi oxirgi foydalanuvchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullangan Rossiya tarmog‘iga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Cheklovlar Yuriy Orexovga va Vashingtonga ko‘ra, uning Nord-Deutsche Industrieanlagenbau GmbH va Opus Energy Trading LLC kompaniyalariga nisbatan joriy qilinmoqda. Sanksiyalar ro‘yxatiga kirish AQSHdagi aktivlarni muzlatish va Amerika fuqarolari yoki kompaniyalariga ular bilan biznes yuritish taqiqlanishini anglatadi.
AQSH hukumati shuningdek, besh nafar Rossiya fuqarosi va ikki Venesuela neft savdogarini sanksiyalardan qochish va pul yuvishda aybladi. AQSHning Nyu-York janubiy okrugi prokuraturasi ular “AQSH harbiy texnologiyasini va sanksiyalar ostidagi Venesuela neftini noqonuniy olish sxemasida qatnashgan” deb da’vo qilmoqda. Ayblanuvchilar orasida Yuriy Orexov, shuningdek, AQSH Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Aleksandr Ussning o‘g‘li Artem Uss ham bor.
Live
Barchasi