AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi (ro‘yxat)
Olam
−
21 iyul 2023
8033AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Yangi to‘lqin birinchi navbatda Rossiyaning harbiy-sanoat sektoriga, ilm-fan, banklar va tog‘-kon sanoatiga qaratilgan. Bu haqda AQSH moliya vazirligi yozma bayonotida aytiladi.
AQSH Moliya vazirligiga ko‘ra, Rossiyaning urush harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi mahsulotlarga kirishini qiyinlashtirish, Rossiyaning metall va tog‘-kon sanoatidan tushadigan daromadlarini qisqartirish, Moskvaning kelajakdagi energetika salohiyatiga putur yetkazish, Rossiyaning xalqaro moliya tizimiga kirishini qisqartirish, Rossiyani G7 mamlakatlari tomonidan ishlab chiqarilgan texnologiyalardan mahrum qilish uchun joriy choralar ko‘rilmoqda.
Qora ro‘yxatga importchilar, ishlab chiquvchilar va texnologiya yetkazib beruvchilar, jumladan, 11 ta Rossiya kompaniyasi va 3 ta Qirg‘iziston korxonasi kiritilgan.
Qora ro‘yxatga kiritilganlar:
• Rossiyaning sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin.
• Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Leonid Gornin, Iqtisodiy rivojlanish vazirining o‘rinbosari Aleksey Xersonsev, Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Vasiliy Osmakov, Energetika vazirining o‘rinbosari Pavel Snikkars, Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Sorokin, Rossiya Federatsiyasi Taraqqiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Ilya Torosov, Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Smolensk viloyati gubernatori Vasiliy Anoxin.
• "Alrosa” olmos kompaniyasi bosh direktori Pavel Marinichev, Federal xavfsizlik xizmati direktorining birinchi o‘rinbosari Sergey Korolev, VSS kompaniyasi rahbari Anatoliy Smolin.
• “Kurganpribor”, Klimovskiy kartrij zavodi, “Astrofizika” lazer tizimlari va komplekslari markazi.
• Saxalin yuk tashish kompaniyasining 14 ta kemasi, shu jumladan yuk va yo‘lovchi kemalari, konteyner kemalari.
• “Kalashnikov” konserni bosh direktori Vladimir Lepin, “Vtormet” savdo uyi rahbari Maksim Soldatov, CIC bosh direktori Tatyana Ivanova va “Legion” bosh direktori Igor Stramilov.
• Banklar “Tinkoff”, “Solidarnost”, “Yunistrim”, Loko-Bank va Sankt-Peterburg ijtimoiy tijorat banki.
• “Rosatom”, “Propulsiya” va “Muhim axborot tizimlari" sho‘’ba korxonalari.
• "Gazpromneft Oxrana" va “Legat” xususiy xavfsizlik tashkilotlari.
• Rossiyaning o‘q-dorilar va boshqa harbiy mahsulot ishlab chiqaruvchilari (Qozon davlat porox zavodi, Tambov porox zavodi va boshqalar).
• Aerokosmik, kvant texnologiyalari va ilg‘or kompyuter texnologiyalari kabi asosiy tarmoqlardagi tashkilotlar (Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti, “Arsenal” mashinasozlik zavodi, “Fakel” konstruktorlik byurosi).
• Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari (masalan, P.L.Kapitsa nomidagi Fizik muammolar instituti va Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir filiali lazer fizikasi instituti).
• Kamida beshta Rossiya tijorat banklari, metallurgiya, konchilik kompaniyalari (“Uralelektromed”) va firmalar.
• Neft va gaz sohasidagi tashkilotlar (“Neftegazavtomatika”, “Gazneftemash”).
LiveBarchasi