AQSH Rossiyaga iltimos bilan chiqdi – OAV

Olam

image

AQSH rasmiylari rossiyalik hamkasblaridan Moskvaning xavfsizlik kafolati bo‘yicha takliflariga bergan Vashingtonning yozma javobini oshkor qilmaslikni so‘radi. Bu haqda “The Washington Post” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Rossiya AQSHning xavfsizlik kafolati bo‘yicha takliflariga bergan yozma javobini oshkor qilmoqchi.

“Davlat departamentining yuqori martabali mulozimi Kreml hujjatni kelasi hafta olganidan keyin chop etishga qaror qilishi mumkinligini tan oldi”, deyiladi xabarda.

Gazeta suhbatdoshining ta’kidlashicha, yozma javobda Vashington Moskva bilan muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekani aks etgan.

Oshkor qilinishiga qaramay AQSH ma’muriyati yozma javob yuborishni muhim deb hisoblaydi, chunki bu hujjatni bevosita Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘qishi mumkin.

“Rossiyada bir kishi qaror qabul qiladi. Bu Prezident Putin. Rossiyada yakuniy qarorlarni qabul qiluvchi shaxs ushbu g‘oyalarni ko‘rib chiqishi va davom etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi bizning manfaatlarimizga to‘g‘ri keladi. Biz diplomatik yo‘l bilan yechim topishni inkor etmoqchi emasmiz”, deydi AQSH ma’muriyati rasmiysi.

Ma’lumot uchun, Rossiya 2021 yilning 17 dekabr kuni AQSH va NATOga bir qancha talablar qo‘ygan edi. U alyansdan yangi a’zolarni, birinchi navbatda Ukrainani qabul qilishdan bosh tortishni, shuningdek, ilgari SSSR tarkibiga kirgan davlatlar hududiga o‘z qo‘shinlarini joylashtirmaslikni talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1833

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing