AQSH, Rossiya yo Xitoy? Berdimuhamedov Turkmanistonning birinchi raqamli ittifoqchisini ochiqladi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqida mamlakat ittifoqdoshlarini sanab, Rossiyani birinchi o‘ringa, AQSH va Xitoyni ikkinchi-uchinchi o‘ringa qo‘ydi. 

“Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarimiz strategik xususiyatga ega. Joriy yilning iyun oyida ushbu mamlakatga rasmiy tashrifim chog‘ida biz ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlari,jumladan, xavfsizlik, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, savdo, moliya va bank tizimi, ta’lim, madaniyat va tibbiyot sohalarida hamkorlikni sezilarli darajada oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdik”, degan u. 

Turkmaniston rahbari mamlakat AQSH bilan teng huquqli munosabatlarni saqlab kelayotganini ta’kidlagan.  

“Biz AQSH bilan siyosat, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, madaniyat va ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishimiz kerak”, deydi u. 

Berdimuhamedov keyin tilga olishicha, Xitoy Turkmanistonning ishonchli va strategik hamkorlaridan biridir.  

“Mustaqillik yillarida aniq loyihalarning amalga oshirilishi natijasida Turkmaniston-Xitoy munosabatlari yuqori darajaga ko‘tarildi. Xuddi shunday dinamika siyosiy munosabatlarga ham xos”, deydi prezident. 

U tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston bilan munosabatlarni qayd etdi. Shuningdek, u Eron va Afg‘oniston bilan aloqalar konstruktiv rivojlanayotganini ta’kidladi. Xususan, Eron bilan energetika, transport va savdo sohalarida hamkorlikni rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda. Berdimuhamedovning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya bilan hamkorlikka katta ahamiyat beriladi.  

“Biz barcha sohalarda strategik ikki tomonlama sheriklikni yaxshilashda davom etamiz”, deya qo‘shimcha qildi Prezident. 

Nihoyat, Turkmaniston uchun muhim hududlardan biri Osiyo-Tinch okeani mintaqasidir.  

“Biz Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Koreya Respublikasi, Malayziya va mintaqaning boshqa davlatlari bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqdamiz”, deya tushuntirdi Berdimuhamedov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing