AQSH Rossiya bilan muayyan sohalarda hamkorlik qilishga tayyor – Blinken

Olam

image

AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan muayyan sohalarda hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Shu tariqa u rossiyalik Viktor Butning amerikalik Brittni Graynerga almashtirilishi ikki tomonlama munosabatlardagi o‘zgarishlar bo‘lishidan dalolat beradimi, degan savolga izoh berdi. Blinkenning ta’kidlashicha, Vashington doimiy ravishda Moskva bilan “aniq masalalar, muayyan manfaatlar bo‘yicha” hamkorlik qilishga tayyorligini namoyish etgan. Xususan, Amerika tomoni “nohaq hibsga olingan amerikaliklarni qaytarish” maqsadida Rossiya bilan hamkorlik qildi.

Davlat kotibi, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Rossiya Federatsiyasi bilan qurol nazorati masalasida aloqalarni davom ettirishga tayyorligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, agar kerak bo‘lsa, Vashington Amerika milliy manfaatlarini himoya qilish uchun buni davom ettiradi.

Avvalroq 8 dekabr kuni Abu-Dabida rossiyalik Viktor Butni amerikalik basketbolchi Brittni Graynerga almashtirish tartibi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi. But AQSHda noqonuniy qurol savdosi va terrorni qo‘llab-quvvatlashga urinishda ayblangan. U 2008 yilda Tailandda AQSH talabiga binoan hibsga olingan, 2012 yil aprel oyida sud uni 25 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Rossiyalik o‘z aybini tan olmagan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing