AQSH provokatsiyalarining davom etishi urush e’lon qilish deb baholanadi – Shimoliy Koreya
Olam
−
24 Fevral 2023 6026 1 daqiqa
Shimoliy Koreyaning noroziligiga e’tibor bermaslik va AQSH tomonidan unga qarshi provokatsion harakatlar davom ettirilishini urush e’lon qilish deb baholash mumkin. Ushbu fikrni Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligining AQSH bilan munosabatlarni nazorat qiluvchi departamenti direktori Kvon Chjon Gin Koreya markaziy axborot agentligiga bergan intervyusida bildirdi.
“Qo‘shma Shtatlar bir necha bor e’tiroz va ogohlantirishlarimizni e’tiborsiz qoldirib, provokatsion harakatlarni davom ettirmoqda. AQSH o‘zining bu dushmanlik harakatini davlatimizga qarshi urush e’lon qilish deb baholanishi mumkinligini tushunishi kerak”, degan u.
Shuningdek, departament rahbari Koreya yarim orolida keskinlik kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Qo‘shma Shtatlar strategik aktivlarni joylashtirishdan va Janubiy Koreya bilan KXDRga qarshi qaratilgan harbiy mashg‘ulotlardan voz kechishi kerakligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shimoliy Koreya tomonidan Yapon dengizi tarafga ballistik raketa uchirilgandan so‘ng AQSH Yaponiya bilan birga mintaqada qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi.
Alibek Beyjanov
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr