AQSH Polshaga qo‘shimcha 2,5 ming harbiy o‘tkazishi mumkin
Olam
−
02 fevral 2022 4333 2 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlari Sharqiy Yevropaga jo‘natilishi rejalashtirilgan 8,5 ming harbiy xizmatchidan 2,5 mingga yaqinini Polshaga o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Polsha Milliy Xavfsizlik byurosi rahbari Pavel Solox ma’lum qilgan.
"Biz amerikalik askarlarga tayanamiz. Amerikaliklar bir kunning o‘zidayoq 8-8,5 mingdan ortiq askarini Sharqiy Yevropaga o‘tkazishini e’lon qildi. Shunda bizda yana 2,5 mingga yaqin qo‘shimcha askar bo‘ladi”, deydi Solox.
Ayni vaqtda Polshada 5000 ga yaqin amerikalik askar joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, Pentagon spikeri Jon Kirbi Qo‘shma Shtatlar Yevropaga 8,5 ming askar yuborishga tayyorligini, biroq bu borada yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bular jangovar, razvedka, aviatsiya, tibbiyot va transport bo‘linmalaridir. Shuningdek, Prezident Jo Bayden 28 yanvar kuni AQSH rasmiylari yaqin kelajakda Sharqiy Yevropaga kichik qo‘shimcha qo‘shin yuborishni boshlash niyatida ekanini ham ta’kidlagan.
So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.
Live
Barchasi