AQSH Pokiston havo hududidan foydalanmoqchi. Islomobodning ham o‘z talablari bor
Olam
−
23 Oktabr 2021 6567 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati yaqin orada Pokiston havo hududidan Afg‘onistondagi harbiy va razvedka operatsiyalari uchun foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishishga umid qilmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ularga ko‘ra, ma’muriyat vakillari kecha, 22 oktyabr kuni amerikalik qonunchilar bilan yopiq uchrashuvda o‘z rejalari bilan bo‘lishgan. CNN manbalarining ta’kidlashicha, Pokiston rasmiylari AQSH bilan o‘zaro anglashuv memorandumi tuzishni talab qilmoqda, unga ko‘ra Vashington havo hududiga kirish evaziga Pokiston rahbariyatini terrorchilarga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlaydi va Hindiston bilan munosabatlarni o‘rnatishda yordam beradi. Telekompaniya muzokaralar davom etayotganini va bitim shartlari o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Qayd etilishicha, hozirda AQSH kuchlari qo‘shni Afg‘onistonda razvedka o‘tkazish uchun Pokiston havo hududidan foydalanmoqda. Biroq, rasmiy kelishuvning yo‘qligi sababli Pokiston rasmiylari bu amaliyotga chek qo‘yishi mumkin.
Avvalroq, Afg‘oniston hududida yana 363 nafar AQSH fuqarosi qolayotgani, ulardan 176 nafari evakuatsiya qilinishini kutayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Live
Barchasi