AQSH osmonida noma’lum uchar ob’ekt kuzatildi. Bu NUJ edimi? (video)

Olam

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, NUJga o‘xshash ob’ekt Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Arizona osmonida uchib o‘tgan. Noma’lum ob’ekt videosi ufologiya bo‘yicha ixtisoslashgan The Hidden Underbelly 2.0’ning You-Tube kanalida joylashtirilgan.

Kadrda ko‘rinib turibdiki, dumaloq shaklga ega qora rangli ob’ekt tog‘lar ustidan uchib o‘tgan, so‘ngra kutilmaganda tezligini oshirgan.

Video muallifi Ben Manzanares kanal foydalanuvchilari bilan AQSH shtati bo‘ylab harakatlanishi mumkin bo‘lgan ob’ektni muhokama qilishga qaror qildi.

Fikrlar har xil bo‘ldi. Kimdir bu AQSHning yangi aviatexnikasi desa, boshqalar haqiqatan o‘zga sayyoraliklar ob’ekti deyishdi. Bu jismni Rossiya va Xitoyning harbiy ayg‘oqchi texnikalari deganlar ham topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

606

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing