AQSH “Oltin gumbaz”ining 4 ta himoya qatlami bo‘ladi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqilayotgan “Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimi to‘rtta himoya qatlamiga ega bo‘ladi. Bu haqda kecha, 12 avgust kuni AQSH hukumatining “Go Fast, Think Big!” nomli hujjatiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, “Oltin gumbaz” tizimi raketalarni aniqlash, ogohlantirish va kuzatish uchun mo‘ljallangan kosmik qatlam, shuningdek, raketaga qarshi mudofaa va raketalarni ushlab turish tizimlari, radar massivlari va ehtimol, lazerlarni o‘z ichiga olgan uchta yer qatlamidan iborat bo‘ladi.

AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan Isroil “Temir gumbaz”ining analogi sifatida ishlab chiqilgan “Oltin gumbaz” loyihasining qiymati 175 milliard dollarga baholanmoqda. Tizim 2028 yilda ishga tushirilishi kerak, deb taxmin qilinmoqda.

Oq uy rahbari AQSHga raketalar bilan tahdid solishi mumkin bo‘lgan aniq bir davlat nomini aytmadi. Shu bilan birga, u “Oltin gumbaz” raketalarni “dunyoning boshqa qismidan yoki koinotdan” uchirilgan taqdirda ham tutib olishi mumkinligini aytgan. Respublikachi Tramp, shuningdek, “Prezident Reygan 40 yil avval boshlagan ishni tugatishga” va’da bergan. 1983 yilda respublikachi prezident Ronald Reygan Qo‘shma Shtatlarda, shu jumladan kosmosda yangi raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratish uchun Strategik mudofaa tashabbusini (SDI) e’lon qildi. O‘shanda Reygan “dahshatli Sovet raketa tahdidiga qarshi turish” zarurligini aytgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing