AQSH Ochiq osmon shartnomasiga qaytishi mumkin. Rossiya esa shart qo‘yyapti

Olam

image

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Ann Linde AQSHni Ochiq osmon shartnomasiga qaytishga, Rossiyani esa undan chiqmaslikka chaqirdi.

Uning ta’kidlashicha, tashkilot Ochiq osmon shartnomasida Rossiya va AQSH a’zoligini saqlab qolish mumkin, deb hisoblaydi.

Vazir, shuningdek, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralar olib borganini qo‘shimcha qilgan.

"Shuni aytishim mumkinki, biz AQSHni shartnomaga qaytishga, Rossiyani esa undan chiqmaslikka chaqirdik", degan Linde.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham vaziyatga o‘z munosabatini bildirgan.

"Agar AQSH shartnomani amalga oshirishga to‘liq qaytadigan bo‘lsa, unda Rossiya Federatsiyasi ham bu yangi vaziyatni konstruktiv ravishda ko‘rib chiqishga tayyor bo‘ladi", degan u.

Ochiq osmon shartnomasi 1992 yil 24 martda Xelsinkida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YeXHT) a’zo 23 ta davlat vakillari tomonidan imzolangan.

2020 yil 22 noyabr kuni AQSH Ochiq osmon shartnomasidan chiqish jarayonini yakunladi. Rasmiy Vashington o‘zining xatti-harakatini Rossiya tomoni kelishuv shartlarini bajarmayotgani bilan izohlagan.  

Joriy yilning 15 yanvar kuni esa Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Ochiq osmon shartnomasidan chiqish tartibi boshlanganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

240

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing