AQSH mojarolarda “olovga moy sepmoqda” – Xitoy 

Olam

image

Xitoy rasmiylari Oq uyning Ukrainadagi mojaro va Koreya yarimoroli muammosini hal qilish jarayonida olib borayotgan “olovga moy sepish” siyosatini qoralaydi. Bu haqda bugun, 30 yanvar kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning ma’lum qildi.

“Xitoy Ukraina inqirozi va Koreya yarim orolining yadroviy muammosini tinch yo‘l bilan hal etish va tegishli muzokaralar olib borish uchun doimo qo‘lidan kelgan barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Shuning uchun ham biz AQSHning olovga moy sepishiga va qarama-qarshilikni kuchaytiruvchi bayonotlar bilan chiqishiga qarshimiz”, dedi Mao Ning AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning bo‘lajak tashrifini sharhlar ekan.

Xitoy TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, Pekinning bu masalalar bo‘yicha pozitsiyasi hamda strategiyasi faktlar va tarixiy tajribaga asoslangan. Xitoy AQSHning qarama-qarshilikka emas, balki muloqotga, o‘zaro manfaatli hamkorlikka intilishiga umid qiladi.

“Politico” nashri xabariga ko‘ra, Blinken 5-6 fevral kunlari Pekinga borib, Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gang bilan uchrashishini va u bilan bir qator muhim masalalarni muhokama qilishni aytib o‘tgan. Xususan, AQSH tashqi siyosat departamenti rahbari muzokaralarda harbiy sohada ikki tomonlama aloqalarni tiklash, Ukrainadagi vaziyat, Pekinning yadro arsenali, giyohvand moddalar savdosiga qarshi birgalikda kurash va Xitoyda hibsda saqlanayotgan amerikaliklarning o‘z vatanlariga qaytishi masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing