AQSH Markaziyo Osiyoda razvedka tarmoqlarini kengaytirish payiga tushdi – WP

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerika qo‘shinlari o‘tgan yil avgust oyida Afg‘onistonni tark etganidan beri Pentagon o‘zining uzoqdan turib terrorchilik tahdidlarini kuzatish va ularga zarba berish imkoniyatlarini kuchaytirishga astoydil harakat qilmoqda. Bu o‘rinda Markaziy Osiyodagi biror bazadan dronlar va boshqa razvedka parvozlarini amalga oshirish eng maqbul yechim sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH Bosh qo‘mondoni Maykl Kurilla Markaziy Osiyoga tashrif buyurdi, lekin bu mavzuni mahalliy siyosiy va harbiy rahbarlar bilan ham muhokama qilmagan.

Gazetaning yozishicha, generalning tashrifi Ukrainadagi vaziyat fonida o‘tgan. AQSH Davlat departamenti mulozimlaridan biri ismini oshkor qilmaslik sharti bilan Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini “muvozanatlash” imkoniyatini o‘rganayotganini aytgan. Buni xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni faollashtirish orqali amalga oshirish rejalashtirilgan.

“Bu juda nozik yondashuv bo‘ladi... Biz juda sabrli bo‘lishimiz kerak. Bu bizga ular bilan xavfsizlik va terrorizmga qarshi hamkorlikda ko‘proq ish qilish imkoniyatini beradi”, deydi Maykl Kurilla.

Kurilla o‘z turi davomida mahalliy sport musobaqalarini, tog‘ otlari poygalarini tomosha qilish, an’anaviy raqs tomoshalariga yopiq eshiklar ortida o‘tgan uchrashuvlari qadar vaqt sarflagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, diplomatik tashriflar uchun ko‘proq xos bo‘lgan madaniy marshrut tanlanishi ataylab qilingan.

“Bir xalqni, madaniyatni faqat yig‘ilishlarda o‘tirib bilib bo‘lmaydi”, degan Kurilla O‘zbekistonda o‘nlab raqqosa va musiqachilar, shuningdek, Frank Sinatra taqlidchisi ishtirok etgan dabdabali tushlikdan so‘ng.

Bosh qo‘mondon masalaga yuzaki qarab, terrorchilikka qarshi kurashga ishlov berib bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgan.

Nashr Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘oniston bilan ancha chuqurga borib taqaladigan aloqa va ildizlarga ega ekanini ta’kidlagan. Ba’zi hollarda, bu o‘tgan yilgi davlat to‘ntarishidan ancha oldin “Tolibon” bilan o‘rnatilgan diplomatik aloqalarning davom etishi, boshqalarida esa chegaraning narigi tomonida yashaydigan ozchilik guruhlari, ayniqsa etnik o‘zbeklar va tojiklar mavjudligi bilan bog‘liq.

Mintaqada faoliyat yuritayotgan harbiy va diplomatik vakillarning fikricha, Afg‘onistonda terrorchilik tahdidlari tiklanishi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari AQSHga taqdim etishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar katta ahamiyatga ega. Va asosiysi, ularni erkin baham ko‘rishga majbur qilishdir.

Shu bilan birga mahalliy ekspertlarning fikricha agar AQSH xavfsizoik sohasida yanada manfaatli hamkorlik xohlasa, mintaqada uzoq muddatli munosabatlar qurishga sodiqligini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

“Markaziy Osiyo davlatlari AQSH mintaqa davlatlari bilan muloqot qilishini, ularga Afg‘onistonga bog‘langandek qaramaslikni iliq qarshilaydi”, degan YeXHTning Bishkekdagi akademiyasida ishlagan mustaqil tadqiqotchi Emil Jo‘rayev.

Bosh qo‘mondon Kurilla AQSHning Markaziy Osiyo davlatlariga biroz investitsiya kiritishi ijobiy natija berishini ta’kidlab, shunday degan:

“Kichik investitsiyalar haqiqatan ham yordam beradi. Ammo agar biz ko‘p yordam bersak, Rossiya qaytib kelib, ularni qattiq tor-mor qilishi mumkin”.

U 2014 yilda AQSHning Markaziy Osiyodagi so‘nggi bazasi yopilganidan keyin Vashington mintaqa mamlakatlarining huquq-tartibot idoralariga chegaralar xavfsizligini ta’minlashga yordam berib kelayotganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Kurilla boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing