AQSH Markaziy Osiyo davlatlari bilan Ukraina inqirozini muhokama qilmoqchi

Olam

image

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH tashqi ishlar idoralari rahbarlari 28 fevral kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada C5+1 formatida energetika, iqtisodiyot va terrorizmga qarshi kurash masalalari, shuningdek, xalqaro muammolar, jumladan, Ukraina atrofida vaziyatni muhokama qiladi. Bu haqda bugun, 27 fevral kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi.

“Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo davlatlarining barcha Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etishlarini tasdiqladilar. Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH o‘rtasida iqtisodiyot, energetika va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi kelgusi hamkorlik, shuningdek, terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan”, deydi TIV vakili. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, jumladan, Ukraina va Afg‘oniston atrofidagi vaziyatga ham to‘xtaladi.

Ma’lumot uchun, C5+1 formati Markaziy Osiyoning beshta davlati (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ko‘p tomonlama mexanizmi hisoblanadi. U 2015 yilda iqtisodiyot, ekologiya va xavfsizlik sohalaridagi mintaqaviy muammolarni muhokama qilish uchun tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 28 fevraldan 3 martgacha Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindiston bo‘ylab safar qilishi,  tashrifi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari bilan uchrashishi aytilgandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing