AQSH Markaziy qo‘mondonligi rahbari O‘zbekistonga keldi
Jamiyat
−
26 Sentabr 2023
10562AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari general Maykl Kurilla O‘zbekistonga keldi. U Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Dastlab mehmonlarni faxriy qorovul ishtirokida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgan. Harbiy orkestr tomonidan ikki davlat madhiyalari ijro etilgan.
“Mudofaa vazirligi markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov general Maykl Kurillani O‘zbekistonga tashrifi bilan samimiy qutlab, ikki davlat o‘rtasida mudofaa sohasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlarning yildan-yilga mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan.
LiveBarchasi