AQSH maxsus xizmatlari rossiyalik oligarx uyida tintuv o‘tkazdi
Olam
−
19 Oktabr 2021
10043AQSHning Federal qidiruv byurosi (FQB) agentlari rossiyalik tadbirkor Oleg Deripaskaning Vashingtondagi uyiga kelishdi. Bu haqda NBC muxbiri Tom Vinter departament vakiliga tayanib, xabar berdi.
FQB vakilining so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uyda “tergov harakatlarini” olib borgan. U boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan.
“Biz ehtimoliy tergovlar haqidagi ma’lumotni tasdiqlamaymiz ham yoki rad etmaymiz ham”, deydi FQBning Vashingtondagi idorasi vakili.
Qayd etish kerakki, 2018 yilda AQSH hukumati Oleg Deripaska va uning uchta kompaniyasi En+, UC Rusal va “Yevrosibenergo”ga qarshi sanksiyalar joriy etgandi. Milliarder biznesni nazorat qilishdan voz kechganidan so‘ng, sanksiyalar Deripaskaning o‘zidan emas, balki kompaniyalardan olib tashlandi. Tadbirkor sud orqali sanksiyalar ro‘yxatidan chiqishga harakat qildi, ammo unga rad javobi berildi.
AQSH Moliya vazirligiga ko‘ra, milliarderga nisbatan cheklovlar 2016 yilda Deripaska “Rossiya Prezidenti Vladimir Putin nomidan aktivlarga egalik qilgan va mablag‘larni yuvgan” odamlardan biri sifatida aniqlangani uchun qo‘yilganin.
LiveBarchasi